

Shu jumladan Qo'qonlik futbol muxlislari ham vatanimiz jamoasini o'ta muhim bahsda qo'llab-quvvatlashni niyat qilishgan.
Terma jamoa o'yini o'tgach O'zbekiston milliy birinchiligi davom etadi. 7-sentyabr kuni jamoamiz futbolchilari Samarqand shahrida , “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonda saf tortishadi.
Samarqanddagi stadionda Qo'qonlik muxlislar uchun 10-sektor ajratilgan. Chiptalar narxi 7 000 so'mdan qilib belgilangan. “Qo'qon-1912” muxlislar klubi sardori Ilxomjon Qunduzovning bizga ma'lum qilishicha Samarqandga bir kun oldin borishni istagan muxlislar uchun , Registon majmuasi yaqinidan arzon narxlarda turar joylar hozirlab qo'yilgan. Bu borada muxlislar I Qunduzovga +99890 508-77-99 raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.



