"Qo'qon-1912": Jamoamiz “Metallurg”ga qarshi tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
20 may 2017, 07:32
“Loko” bilan o'yindan so'ng bir kun dam olgan "Qo'qon-1912" futbolchilari, O'zbekiston kubogi 1/8 final birinchi uchrashuvi doirasidagi “Metallurg” bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgalikni boshladi.

Markaziy stadionidagi kechagi mashg'ulotlar, jamoamiz katta murabbiyi Aziz To'xtaboevni tabriklash bilan boshlandi. Yuqori kayfiyat bilan boshlangan mashg'ulotlarda barcha futbolchilar ishtirok etdilar.

Faqat Aleksandr Merzlyakov o'tgan o'yinda olgan jarohati tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti. Tajribali himoyachimiz qachon safga qaytishi hali ma'lum emas.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz