

Jamoa rahbarlari futbolchilar bilan shartnomalarni imzoladi. Shartnomalar mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Agar bu legioner futbolchilar jamoada o'zlarini ko'rsata olsalar, ular bilan yanagi yilga ham shartnomani uzaytirishga kelishib olindi.
Shuningdek jamoamiz ko'rigida bo'lib turgan Ibrohim Rahimov, Suhrob Berdiev, Javohir Siddiqov, Nodir Yo'ldoshevlar bilan ham shartnomalar imzolanib, ularning barchasi ro'yxatdan o'tkazildi.
Yuqorida nomlari keltirilgan barcha futbolchilar Buxoroga qarshi bo'ladigan kubok o'yinida maydonga tushishlari kutilmoqda. Jamoada selekciya jarayoni davom etmoqda.



