"Qo'qon-1912": Farg'onaga borishni istagan muxlislar uchun qulaylik

Tolibjon Qosimov
30 mar 2017, 10:59
Viloyat derbisi nomini olgan – "Neftchi" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi o'yinga bo'lgan qiziqish juda yuqori ekanligi hech kimga sir emas.

Qo'qonlik futbol muxlislari orasida Farg'onaga borib bevosita "Istiqlol" stadionida futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilganlar ko'pchilikni tashkil etishi shubhasiz. Ishqibozlarimizga yana bir qulaylik yaratildi. Aniqrog'i,  muxlislarning Farg'onaga borib kelishlari uchun Qo'qondan avtobus qo'yiladi. Avtobus ertaga soat 14:00 da stadiondan yo'l chiqadi.

Murojaat uchun: tel +998903080054

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kokand1912.uz