"Qo'qon-1912": “Buxoro” bilan o'yindan so'ng…

Narzulla Saydullayev
11 apr 2016, 15:35
To'rtinchi tur "Qo'qon-1912" uchun muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Vakillarimiz “Buxoro”ga yutqazib qo'yishdi.

Lekin hayot davom etadi. Futbol mana shunday g'alaba va mag'lubiyatdan iborat. Mashhur mutaxassislardan biri aytganidek, kecha tarix, erta mavhum shuning uchun bugun bilan yashash kerak. Chindan ham “Buxoro” bilan o'yin tarixga aylandi. Ushbu mag'lubiyatni unutgan holda keyingi uchrashuvlarga jiddiy tayorgarlik kurish lozim. Buni yaxshi anglagan murabbiylarimiz kecha navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishdi. “Buxoro”ga qarshi  o'yinda ishtirok etgan futbolchilar tiklanish mashqlarini bajarishdi.

Bugun esa futbolchilarga bir kunlik tatil berildi. Ertadan “Nasaf”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz