

2 mart kuni soat 10-00 da Qo'qon shaxar xokimligi binosida yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tadi. Marosimda Qo'qon shahar xokimi A.Abdullaev , jamoa rahbarlari hamda barcha futbolchilar ishtirok etadilar. Ushbu tadbirda ishtirok etishni istagan OAV xodimlarini shaxar xokimligi binosiga taklif qilamiz. Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" o'zining mavsumdagi ilk uchrashuvini 5 mart, shanba kuni soat 16-00 da oliy liga debyutanti, Toshkentning “Obod” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Uchrashuv Qo'qon shahar “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tadi.



