"Qo'qon-1912" 3 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2026, 14:33
Gadoev, Salimov va Akramov bilan kelishuv uzaytirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Qo'qon-1912" jamoasi tarkibni kuchaytirish bilan bir qatorda o'tgan mavsumdagi asosiy tarkib futbolchilari bilan ham yangi shartnomalar imzolashda davom etmoqda. O'tgan mavsum himoyamiz "qo'rg'oni"da asosiy o'yinchilar bo'lgan Shahzod Akramov (suratda) va Alisher Salimov bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolandi.

Shuningdek, o'tgan mavsumning ikkinchi qismida tarkibimizga kelib qo'shilgan Shohruh Gadoev yangi mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazadi.

Shahzod Akramov o'tgan mavsum 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.

Alisher Salimovning hisobida 32 ta uchrashuv bor va u bitta assist qayd etgan.

Shohruh Gadoev esa jamoamiz safida o'tgan mavsum 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assistga erishgan", – deyiladi qo'qonliklar xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати