Bu natija esa na futbol klubi rahbariyatini, na jamoa a'zolarini va na muxlislarni qoniqtirgani yo'q.
Shu bois, navoiyliklar yangi mavsumda o'z oldilariga katta maqsadlarni qo'yishmoqda. Rejaga ko'ra, 15 dekabr kuni konchilar o'z qarorgohlarida yig'ildilar.
Mashg'ulotlarda hozircha asosan mahalliy futbolchilar ishtirok etishmoqda.
“Qizilqum” futbol klubi ijrochi direktori Hamidjon Aktamovning bildirishicha, ayni paytda 30 nafardan ziyod mahalliy futbolchilar bilan mashg'ulotlar olib borilmoqda. Jamoani faqatgina nukuslik Navro'zbek Alimov rasman tark etgan. Uning yangi mavsumni “Paxtakor” jamoasida boshlashi aniq bo'lgan.
“Qizilqum” jamoasi ilk yig'inni Navoiy shahrida olib boradi. Mashg'ulotlar 29 dekabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. So'ngra, yangi yil bayrami munosabati bilan bir haftalik kichik tatil e'lon qilinadi. Rejaga muvofiq, bayramdan so'ng, Yuriy Lukin shogirdlari 5 yanvardan navbatdagi bosqich o'quv-mashg'ulotlariga kirishadilar.
Navoiyliklar 2015 yilning 7 yanvarida Toshkentda “FutbolMed” sport-salomatlik markazida tibbiy ko'rikdan o'tadilar.
Yana ma'lumot o'rnida shuni takidlash kerakki, “Qizilqum”ning yangi mavsumda yuqori o'rinlar uchun kurashishi kutilmoqda. Hozirda klub rahbariyati va murabbiylari selekciya ishlariga jiddiy e'tibor qaratishmoqda.
Yanvar oyida poytaxtimizda tashkil etiladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida Ukraina, Gruziya, Serbiya, Braziliya va Suriyadan tashrif buyuradigan legioner futbolchilarning ko'rikdan o'tishi kutilyapti. Shuningdek, “Qizilqum” jamoasi fevral oyida Turkiyada ikki haftalik o'quv-mashg'uloti uyushtirishni mo'ljallashgan. Yig'in davomida Yevropa klublari bilan beshta o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi belgilangan.