"Qizilqum" o'z tarixida ilk bor Farg'onada g'alaba qozondi

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2016, 16:16
Oliy liganing 29-turida "Neftchi" klubi o'z uyida "Qizilqum"ni qabul qildi.

Uchrashuvda mehmonlar yarim himoyachisi Ilhom Yunusov penaltidan urgan goli evaziga g'alaba qozonishdi.

Shu tariqa, "Qizilqum" o'z tarixida ilk bor Farg'onada "Neftchi"ni taslim qilishga erishdi. 2000 yildan buyon oliy ligada qatnashib kelayotgan "Qizilqum" safarda bu jamoaga qarshi 16ta o'yin o'tkazib 2ta durang va 14ta mag'lubiyat qayd etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia