Qizilqum: Nasaf bilan uchrashuvga hozirlik qizg'in

Narzulla Saydullayev
4 may 2016, 18:19
Oliy liga sakkizinchi turida Qizilqum futbolchilari Qarshida Nasaf jamoasi mehmoni bo'ladi. Mazkur o'yin 8 may kuni soat 19.00 da Qarshidagi Markaziy stadionda boshlanadi.

Ayni paytda Hamidjon Aktamov boshchiligida navoiyliklar navbatdagi bahsga puxta hozirlik ko'rishmoqda. Kuniga ikki mahalda uyushtirilayotgan mashg'ulotlarda Qizilqum vakillarining barchasi faoli ishtirok etishyapti.

Mashg'ulotlarni murabbiylar Yuriy Lukin, Akmal Xoliqovlar olib borishmoqda. Duravozabonlar bilan esa Baxtimurod Xayriddinov shug'ullanyapti. Muhimi, jamoa a'zolarining kayfiyati a'lo darajada.

Rejaga ko'ra, konchilar 7 may kuni Qarshiga yetib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz