"Qizilqum" 22 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
19 dek 2025, 22:31
"Qizilqum" matbuot xizmati Bobomurod Bozorov bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

"Yakunlangan mavsumda Qizilqum jamoasi himoya chizig'ida ishonchli harakatlari bilan navoiylik futbol ishqibozlarining mehrini qozona olgan yosh iqtidorli futbolchi Bobomurod Bozorov 2026 yilgi mavsumda ham “oltin izlovchilar” tarkibida harakat qiladi.

Bobomurod 2025 yilgi mavsumda Qizilqum libosida umumiy hisobda 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати