Qatardagi U-22 xalqaro turnir taqvimida o'zgarish bo'ldi

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2017, 16:58
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning 30 iyun – 6 iyul kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkaziladigan xalqaro musobaqada etishi haqida xabar berilgandi.

Turnirda to'rt mamlakat yoshlar termasi – Qatar, O'zbekiston, Iordaniya va Qirg'iziston ishtirok etishi ko'zda tutilgandi. Biroq Iordaniya U-22 termasi musobaqada qatnasha olmaydigan bo'ldi va taqvimda o'zgarish yuz berdi.

Endilikda jamoalar o'zaro ikkitadan o'yin o'tkazadi. Quyida yangilangan taqvim bilan tanishing.

30 iyun, juma

22:00 Qatar – Qirg'iziston

1 iyul, shanba

20:45 O'zbekiston – Qirg'iziston

2 iyul, yakshanba

Qatar – O'zbekiston

4 iyul, seshanba

22:00 Qatar – Qirg'iziston

5 iyul, chorshanba

20:45 Qizg'iziston – O'zbekiston

6 iyul, payshanba

22:00 O'zbekiston – Qatar

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-22 terma jamoasi 22 futbolchi bilan mazkur turnirga yo'l oldi.

Ma'lumot uchun, ushbu musobaqa O'zbekiston yoshlar termasi uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com