

"Men "Barselona"dan ketishni rejalashtirmayapman. Bu klub bilan Chempionlar Ligasida zafar quchmoqchiman. Bosh murabbiydan menga ko'proq o'yin amaliyoti berishini so'ramoqchiman. Men o'z darajamni ko'rsata olaman deb o'ylayman", - deydi yarim himoyachi.
Pyanich Kataloniya grandiga "Yuventus"dan o'tgan yozda o'tgan edi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2023/24 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
30 yoshli bosniyalik futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushdi.



