

Karles “Milan” klubini “Barselona”dan keyin ikkinchi o'rinda turishini bildirdi.
“Albatta, “Barselona” mening asosiy jamoam. Lekin o'z vaqtida “Milan” klubida ham to'p tepishga rozilik bildirgan bo'lardim. Men buni hech qachon yashirmaganman”, - deydi Karles Puyol
Eslatib o'tamiz, Puyol faoliyati davomida “Barselona” tarkibida 15 yil to'p tepdi. Karles Puyol ikki yil oldin faoliyatini tugatgan.



