Pulishich: "VAR'ni futboldan butunlay olib tashlash kerak"

Sherzod Nurmatov
3 okt 2023, 18:39
"Milan" yarim himoyachisi Kristian Pulishich VAR tizimiga munosabati haqida gapirdi.

"VAR'ni futboldan butunlay olib tashlash kerak. Lekin men gol chizig'i texnologiyasiga qarshi emasman, bu tizim juda foydali. Menimcha, qolgan hammasi olib tashlanishi kerak. Men futbol ishqibozi sifatida VAR tizimisiz ham yaxshi ahvolda bo'lishimizga ishonaman", – dedi Pulishich.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com