
Tajribali futbolchi mart oyidan beri maydonga tushmayotgan edi, biroq u yaqinda umumiy guruhga qaytib mashg'ulotlarga kirishib ketdi.
Kelayotgan hafta Puyolning tiklanishi uchun muhim vaqt oralig'i bo'ladi. Agar himoyachi o'zini yaxshi his etsa va barchasi ko'ngildagidek bo'lsa, unda Karles “Barselona”ning La Liga 9-turi doirasida “Osasuna”ga qarshi kechadigan o'yinida maydonga tushishi mumkin.