PSJ Zidan bilan hali muzokaralarni boshlamadi

Alisher
23 noya 2021, 12:10
PSJ Zinedin Zidanni bosh murabbiylikka taklif etish borasida hali u bilan muzokaralarni boshlamadi.

Parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Ammo, so'nggi paytlarda argentinalikning "Manchester Yunayted"ga ketishi mumkinligi borasida xabarlar yangramoqda.

Pochettino hali rasman o'z poziciyasini e'lon qilgani yo'q. Shu sabab PSJ tezkor harakatlar qilmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport