PSJ shartnomani uzaytirishi uchun Mbappega 150 mln evro taklif qiladi

Alisher
8 apr 2022, 13:33
PSJ forvardi Kilian Mbappe hali ham Parij klubida qolishi mumkin.

Francuz grandi 23 yoshli hujumchiga yangi shartnoma taklif qiladi.

Parij klubi o'yinchi klubda qolishi uchun unga ikki mavsum uchun 150 million  evro to'lashga tayyor.

Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 17ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk