PSJ "Real" futbolchisini sotib olishi mumkin

Alisher
22 avg 2019, 12:33
Parijliklar Alfonso Areola uchun raqobatchi qidirishmoqda.

PSJ bosh murabbiyi rahbariyatdan Janluiji Donnarumma va Keylor Navaslarning nomzodlarini ko'rib chiqishni so'ragan.

Xabarlarga qaraganda, aynan "Real" posboni Fransiya grandining asosiy nishoni bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, PSJ shu yozda Kevin Trappni "Ayntaxt"ga sotib yuborgandi.

Navas faoliyati davomida "Real"dan tashqari "Saprissa", "Albasete" va "Levante" klublarida o'ynagan.

Darvozabon 2008 yildan buyon Kosta-Rika terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS