PSJ Raboning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2019, 13:42
PSJ jamoadan ketishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Adrien Raboning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi.

Italiya matbuoti xabariga ko'ra, hozirda Raboning "Barselona"ga o'tishi deyarli hal bo'lgan. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi va Kataloniya jamoasiga erkin agent sifatida qo'shiladi.

Aytilishicha, PSJ hozirda francuzning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan ikki nomzod - Lorenco Pellegrini ("Roma") va Allan ("Napoli") kabi futbolchilarning o'yinlarini kuzatib bormoqda.

PSJ ushbu futbolchilardan birini olib kelish uchun maksimum 30 million evro ajrata oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports