Paratichi: “Rabio - “Yuventus” kelajagi uchun juda muhim futbolchi”

27 iyun 2020, 09:50
“Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi jamoaning fransiyalik futbolchisi Adrien Rabio haqida gapirdi.

“PSJda 6 oy maydonga tushmagani uchun klubga kelgan vaqtida Rabioga jismoniy tayyorgarlik jihatidan muammolar bor edi. U A Ceriyada endigina birinchi mavsumini o'tkazmoqda. Shu bilan birga u hamon yaxshi o'yinchiligicha qolmoqda. Buni u bir nechta o'yinda isbotlab ulgurdi. Adrien “Yuventus” kelajagi uchun muhim futbolchi”, - deydi Paratichi.

Rabio joriy mavsum A Ceriya doirasida 19 marta maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia