

PSJ klubi prezidenti Nosir Al Helayfi Lionel Messining kelajagi haqida gapirib o'tdi.
"Messi PSJda juda baxtli. Bu uning Argentinadagi o'yinidan ham ko'rinib turibdi. Agarda futbolchi baxtli bo'lmasa, bu uning terma jamoadagi o'yinida aks etadi.
Messi ushbu mavsum PSJ uchun ham ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, ko'p gollar urdi va assistlar berdi.
Biz Jahon chempionatidan keyin barchasini muhokama qilishga kelishib oldik. Ikki tomon ham bir-biridan ko'nli to'lmoqda", -deydi Nosir Al Helayfi.



