PSJ Neymarning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
25 avg 2019, 14:55
PSJ "Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Mirror" xabariga ko'ra, Fransiya klubi Zaani jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Neymarning o'rniga olib kelishni rejalashtirishmoqda.

Ayni damda "Pelas" o'z futbolchisi uchun 110 million evro so'ramoqda. Ayni damda uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" hamda "Arsenal" tomonidan  qiziqishlar bo'lmoqda.

26 yoshli Zaa o'tgan mavsumda "Kristal Pelas" tarkibida 36 o'yinda 10 gol urib, 10 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror