

30 yoshli futbolchi yozda jamoani tark etishi mumkin, biroq "Al Nassr"ning foydali taklifini rad etdi, deb xabar berdi "Goal". Oldinroq Zaaga "Al Ittihod" va "Al Hilol" klublaridan taklif tushgan, biroq ular ham maqsadga erisha olishmagan.
Futbolchi joriy mavsum "Kristal Pelas" safida barcha turnirlar doirasida 25 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



