PSJ muxlislari "Real" futbolchilarining uxlashiga halaqit berishga urinishdi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2018, 18:29
PSJ muxlislari "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan oldin "Qirollik klubi" joylashgan mehmonxona oldida tartibsizlik uyushtirishdi.

50 kishidan iborat guruh tundan petarda va fayerlar bilan tartibsizlik uyushtirishdi va haqoratli baqiriqlardan foydalanishdi.

Xavfsizlik xodimlari muxlislarning mehmonxonaga yaqinlashishiga imkon bermadi. Policiya tongda bino yonidagi voqea uchun ikki kishini hibsga oldi.

Policiya "Real" futbolchilari avtobusda stadionga yo'l olgan paytida xavfsizlik choralarini kuchaytiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo