PSJ Lorente uchun kurashda "Chelsi"ning raqobatchisiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2017, 14:16
"Suonsi Siti" hujumchisi Fernando Lorente PSJ qiziqishlari doirasida.

Oldinroq ispaniyalik uchun asosiy da'vogar "Chelsi" edi, ammo parijliklar futbolchi uchun kurashga qo'shilishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu g'oya jamoa bosh murabbiyi Unai Emeriga tegishli. Ispaniyalik hamyurtini Edinson Kavaniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Bundan tashqari, 31 yoshli forvard Chempionlar ligasi o'yinlari uchun tarkibga kiritilishi mumkin.

Emeri Lorenteni xarid qilishi uchun klub rahbariyatini ham ishontirishi kerak. PSJ rahbarlari Fernandoning jamoaga yordam berishiga ishonishmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe