

Oldinroq ispaniyalik uchun asosiy da'vogar "Chelsi" edi, ammo parijliklar futbolchi uchun kurashga qo'shilishdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, bu g'oya jamoa bosh murabbiyi Unai Emeriga tegishli. Ispaniyalik hamyurtini Edinson Kavaniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Bundan tashqari, 31 yoshli forvard Chempionlar ligasi o'yinlari uchun tarkibga kiritilishi mumkin.
Emeri Lorenteni xarid qilishi uchun klub rahbariyatini ham ishontirishi kerak. PSJ rahbarlari Fernandoning jamoaga yordam berishiga ishonishmayapti.



