Rasman: Fernando Lorente "Napoli"ni "Udineze"ga almashtirdi

Alisher
28 yanv 2021
35 yoshli forvard Fernando Lorente "Napoli"dan "Udineze"ga o'tdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, ispaniyalik forvard klub bilan 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Lorente joriy mavsumda "Napoli" libosida deyarli o'ynamadi. Tajribali hujumchi 5ta o'yinda atigi 56 daqiqa harakat qildi.

"Udineze" Italiya chempionatida 19 o'yindan so'ng 18 ochko jamg'argan holda jadvalning 14-o'rnida bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/udinese_1896