PSJ Leonardoni tanishtirdi

Mirjalol Normatov
15 iyun 2019, 00:13
PSJning yangi sport direktori Leonardo bo'ldi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Oldinroq klubdagilar ushbu lavozimda ishlab kelgan Anteru Enrikening ishdan ketganini rasman ma'lum qilgandi.

"PSJga qaytganimdan juda xursandman. Bu klub mening hayotimdagi ko'p narsalarni anglatadi. Qaytganim uchun yuqori g'ayrat bilan ishlayman", - dedi Leonardo.

Braziliyalik mutaxassis 2011-2014 yillarda PSJda ishlagan. Bunga qadar u "Milan"da faoliyat olib borgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/psgfr