PSJ koronavirusga qarshi kurashga 100 ming evro ajratdi

25 mar 2020, 08:31
Parijliklar ham chetda turmaslikka qaror qildi.

PSJ matbuot xizmati xabariga ko'ra, klub rahbariyati koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun 100 ming evro ajratdi. Ushbu mablag' xayriya fondiga yo'naltirilgan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'ylab ushbu virusni yuqtirib olganlar soni 407 mingdan oshib ketgan.

Avvalroq Leo Messining koronavirus bilan kurashga 1 mln evro ajratgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ПСЖ матбуот хизмати