PSJ jamoasi va uning futbolchilari qayd etgan natijalar (statistika)

13 fev 2019, 22:49
Joriy mavsum YCHLda omadli yurishini davom ettirayotgan Fransiya grandi va ushbu klubda faoliyat olib borayotgan futbolchilar statistikasi bilan tanishib oling.

6 - Fransiya chempionati ishtirokchilari APL jamoalariga qarshi so'nggi 10  uchrashuvning oltitasida g'alaba qozonishga erishdi. So'nggi g'alaba MYU - PSJ o'yinida kuzatildi. Endilikda, fermerlar ligasi deya Liga 1ni "etirof etganlar" fikriga qo'shilasizmi?

34 - Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi o'z maydonida ikki va undan ko'p gol farqi evaziga mag'lub bo'lgan dastlabki 34 jamoaning hech biri keyingi bosqichga yo'l ola bilmagan. Tog'.

50 - Janluiji Buffon UEFA Chempionlar ligasida kechagi bahsda to'p o'tkazib yubormadi. Oqibatda, uning quruq seriyali o'yinlari soni 50 taga etdi. Bu natijaga  italiyalik kipyerdan oldin faqat ikki darvozabon erisha olgan  - Edvin van der Sar (50) va Iker Kasilyas (57).

Marko Verattining MYUga qarshi kechagi o'yindagi statistikasi:

87 marta to'pga tegindi - eng yuqori ko'rsatkich.

Unga nisbatan 4 marta qo'pollik ishlatildi. Bu borada ham Marko Veratti yetakchi. 

Uchrashuv davomida 75ta pasni amalga oshirdi - birinchi bo'limda 39 marta.

Uzatma aniqligi - 93.3 %.

O'xshash yangiliklar


Manba: witter.com/OptaJean