PSJ futbolchisi: “Messi jamoamizga kelishini barchamiz xohlaymiz”

Eldor Akmurzayev
3 dek 2020, 19:40
Parijliklar yarim himoyachisi Leandro Paredes “Barselona” sardori Lionel Messi haqida gapirdi.

“Messi PSJda? Bu yuz beradi degan umiddaman, u jamoamizga kelishini barchamiz xohlaymiz. Biroq, qaror u tomonidan qabul qilinadi.

Oldin aytganimdek, Leo yaxshiroq qarorni qabul qiladi deb o'ylayman. Agarda bu PSJ bo'lsa, uni quchoq ochib kutib olamiz.

Bizda ajoyib tarkib, yaxshi futbolchilar va yaxshi insonlar bor”, deydi Paredes.

Avvalroq, Neymar Messi bilan keyingi mavsum birga o'ynashni xohlashini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN