Neymar Messi bilan birga o'ynashni xohlashini aytdi

Alisher
3 dek 2020
PSJ forvardi Neymar argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan yana bir jamoada o'ynashni xohlaydi.

"Men yana Messi bilan birga o'ynashni juda ham xohlayman. Men u bilan bitta jamoada o'ynab o'yindan zavq olishni xohlayman.

Keyingi mavsumda buni qilish amalga oshishiga aminman", - deydi 28 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Neymar PSJga "Barselona"dan 2017 yilning yozida o'tgan edi. Braziliyalik futbolchining Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 3t gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca