PSJ forvardi "Lechche"ga o'tishga yaqin

Alisher
21 avg 2019, 17:48
PSJ hujumchisi Shupo-Moting faoliyatini "Lechche"da davom ettirishga yaqin.

Muzokaralar yakuniy bosqichga yetib keldi. Klub o'yinchini qulayroq narxda sotib olmoqchi.

Shupo-Motingning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar amal qiladi.

"Lechche" hujumchiga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Shupo-Moting PSJga bir yil oldin kelgan, ammo u bu vaqt davomida Fransiya chempionatida atigi 2ta gol urishga erishgan. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport