PSJ Dembelega bo'lgan qiziqishlarini yo'qotdi

Mirjalol Normatov
28 yanv 2022, 23:33
"Barselona" vingeri Usmon Dembelening PSJga o'tish ishlari to'xtatilishi mumkin.

Bunga sabab sifatida 24 yoshli futbolchining ko'p jarohat olishi aytilmoqda. Fransiyalik futbolchi klubi bilan shartnoma borasida kelisha olmagan. Uning "Barselona" bilan kelishuvi ushbu yozda yakuniga etadi.

Ushbu mavsumda Dembele "Barselona" tarkibida 11 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi. Uning transfer bozoridagi summasi 30 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal