PSJ argentinalik yulduzning agenti bilan bog'landi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2024, 22:22
PSJ yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

Manbaning xabar berishicha, Liga 1 giganti Lautaro Martinesning agenti Alexandro Kamano bilan bog'langan. Parijliklar futbolchining yozgi transfer imkoniyatini muhokama qilishdi, ammo bunga javoban Lautaro "Inter"da hamma narsadan mamnun ekanligini va u o'z klubi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borayotganini eshitishdi. 

26 yoshli Martines "Inter" sardori hisoblanadi. 2023/2024 yilgi mavsumda hujumchi 30 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. 

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Lautaroni 110 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: FOX Sports