PSJ Allegriga "Yuventus"dagidan deyarli ikki baravar ko'p to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2017, 13:43
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimilano Allegri avvalgidek PSJ qiziqishlari doirasida.

Parijliklar Massimiliano Allegrini jamoaga taklif qilmoqchi va unga har yili 10 mln. evro to'lashga tayyor. 49 yoshli mutaxassisning "Yuventus"dagi yillik maoshi 5,5 mln. evro.

7 iyun kuni Allegri Turin klubi bosh direktori Beppe Marotta bilan uchrashib, kelajagini muhokama qilmoqchi. Italiyalik murabbiyning shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi. Allegri maoshi 8 mln. evro bo'lishini va Chempionlar ligasi darajasidagi ikki futbolchini xarid qilishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport