PSJ 40+15 mln evrolik transferni amalga oshirdi

Alisher Ostonov
10 avg 2025, 00:58
Lyuka Shevale "Lill"dan PSJga o'tdi.

Parij klubi 23 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Avvalroq, bitim summasi 40 mln evro va bonuslar sifatida 15 mln evroni tashkil etishi ma'lum qilingandi.

Shevale Liga 1ning o'tgan mavsumida 34 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 36 ta to'p olib chiqdi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: psg.fr