

Jumladan, Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida ham O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda futbol musobaqasi tashkil etilgan bo'lib, bugun mazkur musobaqaning Respublika bosqichi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Toshkent temiryo'l muhandislari institutida o'tkazilgan final o'yinida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilovlar ishtirok etishdi.
Jami 19 jamoa ishtirok etgan musobaqaning final o'yinida Qashqadaryo va Toshkent viloyati prokuraturasi jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Murosasiz kurashlarga boy o'tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad Toshkent viloyati prokuraturasi jamoasiga kulib boqdi.
Final uchrashuvidan so'ng g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Finalda muvaffaqiyatga erishgan jamoa a'zolari hamda musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi, eng yaxshi himoyachisi, eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi darvozaboniga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov.
Demak, musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb Qashqadaryo viloyati prokuraturasi kiperi Norqobilov Mirzohid tan olindi.
Eng yaxshi himoyachi Sirdaryo viloyati prokuraturasi vakili Dilshod Yunusov bo'ldi.
Eng yaxshi yarim himoyachi nominaciyasida esa Toshkent viloyati prokuraturasi jamoasi a'zosi Hasan Usmonov g'olib bo'ldi.
Eng yaxshi o'yinchi deb Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi jamoasi sardori Akilbek Hakimov topildi.
Va nihoyat, eng namunali o'yinchi nominaciyasi Toshkent shahar prokuraturasi jamoasi a'zosi Umidjon Olimjonovga topshirildi.
Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida Respublika futbol musobaqasi finali va taqdirlash marosimidan fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

VIDEO
TAS-IXemas
Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida Respublika futbol musobaqasi finali va taqdirlash marosimidan fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA



