PRO-Liga “B” guruhi. To'purarlar poygasida kimning imkoniyati yuqori?

Narzulla Saydullayev
28 sen 2018, 08:30
Saytimiz orqali avvalroq PRO-Liganing “A” guruhida to'purarlik qilib kelayotgan futbolchilarning ro'yxatini e'tiboringizga havola etgandik.

Bugun PRO-Liganing “B” guruhidagi to'purarlar xususida ham to'xtalib o'tishni lozim topdik.

“B” guruhida to'purarlar ro'yxatini Oripxo'ja Abduxoliqov boshqarib kelmoqda. “Nurafshon”ning iqtidorli hujumchisi deryali barcha uchrashuvda maydonni golsiz tark etayotgani yo'q.

Uning ortidan esa buxorolik Bahrom Narzullaev quvishda davom etmoqda. 28 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismini avvaliga “G'ijduvon”da o'tkazgandi. Transfer oynasi ochilgach, Narzullaev Buxoro viloyatining boshqa bir jamoasi “Labsa”ga ko'chib o'tdi. Yangi jamoasida ham Bahrom ketma-ket gollar urib, ko'pchilikni e'tiborini qozonmoqda. Biroq shunga qaramay, Narzullaev Superliga vakili “Buxoro”da o'ynab keta olmayapti.

Mavsum-2018 to'purari bo'lishlik uchun Shoxjahon Abbosov ham astoydil xarakat qilmoqda. 22 yoshli hujumchi “Zomin” tarkibida oxirgi paytlarda tinimsiz tarzda gollar urib kelmoqda.

Ko'ramiz bu borada kimning omadi chopar ekan.


Futbolchi

Jamoasi

Gollari 

Penaltidan

Orifxo'ja Abduxoliqov

Nurafshon

18

(2)

Bahrom Narzullaev

Labsa

14


Shoxjahon Abbosov

Zomin

12


Doston Toshmatov

Zomin

12

(1)

Farrux Shotursunov

Nurafshon

10

(1)

Akmal Xolmatov

Iftixor

9


Bobur Mamajonov

Xotira-79

9

(1)

Islom Sharipov

Lokomotiv-BFK

8

(1)

Abdulaziz Jo'raboev

Yozyovon

8

(2)

Abdulla Nabiev

Sherdor

7


Zohid Ismoilov

Yozyovon

7


Ilxom Aliboev

Iftixor

7


Mansur Otaqulov

Gijduvon

7


Fahriddin Alimov

Sherdor

7


Sanjar Ahmedov

Xotira-79

7

(1)

Elbek Ravshanov

Nurafshon

7

(1)

Maqsad Ibragimov

Yozyovon

6


Maradona Safarov

Sherdor

6

(1)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia