

Yanvar oyi boshida Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yig'inida qatnashishni boshlagan hujumchi Davron Fayziev jamoasi safida bir qator o'yinlarda maydonga tushib 3ta gol urdi. "Nasaf"ga qarshi o'yinda penalti ishladi. Ammo murabbiylarga uning o'yini maqul kelmadi shekilli tez orada Orifxo'ja "Sho'rtan" safida paydo bo'ldi.
"Andijon"ga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Zoir To'raqulov uni sinab ko'rdi. 10 daqiqaga maydonga tushgan hujumchi gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ammo G'uzor klubi murabbiylari ham Orifxo'ja Abduxoliqovni jamoada olib qolishni istashmadi. Hozircha hujumchi mavsumni qayerda boshlashi aniq emas.



