Prevyu. “So'g'diyona” - AGMK

Narzulla Saydullayev
11 avg 2018
Superliga 21 -tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida AGMK jamoasini qabul qiladi.

E'tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU  MAVSUMDA

Birinchi davra 10-turida “So'g'diyona”  safarda AGMK jamoasiga qarshi bahs olib borgan edi va ushbu o'yinda hisob ochilmagan.

O'YINI VLADISLAV SEYTLIN  BOSHQARADI

“So'g'diyona”  AGMK  o'yinini Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Timur Galeev va Aleksandr Sidorovlar yordam beradi. Zahiradagi hakam Firdavs Norsafarov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Laziz Qo'chqorov


O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda  AGMK klublari oliy ligada shu kungacha 17  bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 6 ta, AGMK  hisobida  6 ta g'alaba mavjud. 5 ta o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  olmaliqliklar tomonida:  26:30   “So'g'diyona”  o'zaro o'yinlarda 23 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, AGMK  ham 23  ochkoni qo'lga qiritgan.

 “So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar :
18.03.2017 So'g'diyona – Olmaliq 3:2
14.05.2016 So'g'diyona – Olmaliq 1:0
30.10.2015 So'g'diyona – Olmaliq 1:0
09.08.2014 So'g'diyona – Olmaliq 0:0
04.08.2013 So'g'diyona – Olmaliq 2:2
15.10.2011 So'g'diyona – Olmaliq 5:2
23.03.2009 So'g'diyona – Olmaliq 3:2
20.09.2008 So'g'diyona – Olmaliq 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 8 ta o'yindan 5 tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. AGMK Jizzaxda bo'lib o'tgan o'yinlarda g'alaba qozonmagan.

O'YIN VAQTI VA JOYI:

Yoshlar ligasi bahsi 10 avgust kuni soat 17:30 da  “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib bahsi 11 avgust  kuni soat 18:00 da  “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz