

Milan klubi futbolchi transferi bo'yicha mersisaydliklar bilan kelishuvga erishdi. Mashhur insayder Fabricio Romanoning yozishicha, kelishuv summasi 35 million evroni tashkil qiladi.
Shuningdek, "Inter" 25 yoshli ingliz futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishib oldi. Xavbek yaqin vaqt ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng tomonlar o'tishni rasman rasmiylashtirishadi.

Jons "Liverpul" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va butun professional faoliyatini Angliya klubi safida o'tkazgan. Uning hisobida 228 ta o'yin bo'lib, ularda 22 ta gol urgan va jamoadoshlariga 25 ta golli uzatma bergan.



