

O'zbekiston chempionati doirasida bu ikki jamoa o'zaro 26 bor to'qnash kelishgan. Shundan 17 o'yinda qaldirg'ochlar g'alaba qozongan bo'lsa, 4 o'yinda lochinlarning qo'li baland kelgan. 5 o'inda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. To'plar nisbati: 51:17 Bunyodkor foydasiga.
Bunyodkor va Navbahor o'rtasidagi o'yinlardagi eng yirik hisob 2009 yilda qayd etilgan: 6:0 qaldirg'ochlar g'alabasi.
Bunyodkor lochinlarga qarshi mehmonda o'tkazilgan 13 o'yinning 5 tasida g'alaba qozongan, 4 tasida mag'lub bo'lgan. O'tgan mavsumda Namanganda o'tkazilgan ikki o'yinda ham namanganliklar g'alaba qozonishgan.
Eslatib o'tamiz, o'yin 6 aprel kuni soat 17:00 da Farg'onadagi Istiqlol stadionida boshlanadi.




