Premer-liga. Yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017, 16:06
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti chempionatning yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomini e'lon qildi.

"Suonsi"ning yangi ustozi Pol Klement 2017 yilning ilk oyida eng yaxshi murabbiy deb topildi. "Oqqushlar" yanvar oyidagi Premer-liganing 4 ta uchrashuvida 3 ta g'alabaga erishdi.

"Kristal Pelas" - "Suonsi" 1:2

"Suonsi" - "Arsenal" 0:4

"Liverpul" - "Suonsi" 2:3

"Suonsi" - "Sautgempton" 2:1


Avvalgi oylar g'oliblari:

Avgust: Mayk Filan ("Xall Siti")

Sentyabr: Yurgen Klopp ("Liverpul")

Oktyabr: Antonio Konte ("Chelsi")

Noyabr: Antonio Konte ("Chelsi")

Dekabr Antonio Konte ("Chelsi")

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia