Premer-liga klublari mavsum restartidan oldin nazorat bahslarini o'tkazadi, unda hakamlikni esa murabbiylar bajaradi

Eldor Akmurzayev
2 iyun 2020, 21:55
APL jamoalari mavsum qayta boshlanishidan oldin o'zaro o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishga kelishib oldi, deya xabar beradi The Telegraph.

Faqat bunda klublar bir qator xavfsizlik choralariga rioya qilishi talab qilinadi:

1. Klublar 90 daqiqadan ko'proq vaqt talab etiladigan joylarga bormasligi kerak;

2. Futbolchilar o'z avtomobillarida, ehtimol sport libosini kiygan holda o'yinga boradi;

3. Hakamlarga o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga ruxsat berilmaydi, murabbiylar bu ishni amalga oshirishi zarur;

4. O'yinlarni stadion/mashg'ulot bazasida o'tkazishdan oldin xavflilik darajasini tekshirib olish.

Eslatib o'tamiz, Angliya chempionati restarti 17 iyunga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph