Portugaliya. "Benfika", "Portu" va "Sporting"dan g'alabalar

Narzulla Saydullayev
21 dek 2020, 11:57
Portugaliya chempionatida 10-tur o'yinlari davom etmoqda.

Ushbu turda peshqadam "Sporting" o'z maydonida "Farense" ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona gol so'nggi soniyalarda penaltidan urilgani e'tiborga molik.

Ikkinchi o'rindagi "Benfika" safarda "Jil Visente"ni taslim etdi - 2:0.

Amaldagi Portugaliya chempioni "Portu" o'z maydonida Sardor Rashidovning sobiq klubi "Nasonal"dan ustun keldi - 2:0.


Jil Visente - Benfika 0:2
Gollar:
Rodrigao, 59 - avtogol (0:1). Everton, 65 (0:2).




Portu - Nasonal 2:0
Gollar
: Serjiu Oliveyra, 21 - penaltidan (1:0). Marega, 39 (2:0).




Sporting - Farense 1:0
Gol:
Shporar, 90+1 - penaltidan (1:0).






 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia