"Portu" hujumchisi Abubakar ijara asosida "Beshiktosh"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 avg 2016, 18:45
"Portu" hujumchisi Vensan Abubakar yaqin vaqt ichida "Beshiktosh"ga o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, turk klubi 24 yoshli kamerunlik borasida kelishuvga erishgan. Portugaliya klubi Abubakarning bir yillik ijarasi uchun 2,5 mln. evro oladi. Futbolchining yillik maoshi esa 2 mln. evro bo'ladi.

Abubakar bugun Istanbulga uchib ketadi va tibbiy tekshiruvdan so'ng, uning ijarasi haqida rasman e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fanatik