Abubakar "Beshiktosh"ga o'tadi. Hujumchi Ronaldu tufayli "Al Nassr"ni tark etmoqda

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2023, 12:27
Vensan Abubakar TUrkiya klubiga o'tishi kutilmoqda.

"Al Nassr" hujumchisi Vensan Abubakar faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. "L'Equipe" nashri ma'lumotiga qaraganda, 30 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasini bekor qiladi va yangi jamoasi bilan 2,5 yillik shartnomaga imzo chekadi.

U Turkiyada 3 million evro maosh oladi. Saudiya Arabistonida u mavsum davomida 4 million evro ishlab olardi.

Oldinroq "Al Nassr" xorijlik futbolchilar cheklovi tufayli Abubakarni qaydnomadan chiqarib yuborayotgani, o'rniga Krishtianu Ronalduni qo'shishi aytilgandi.

Transfermarkt portali Abubakarning narxini 5 million evroga teng deb topgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe