Pol Robinson: "MYU va "Tottenxem" YCHLga tayyor emas"

Khoja
10 may 2025
"Tottenxem" sobiq posboni Pol Robinsonning fikriga ko'ra, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" YCHLda qatnashishga tayyor emas.

Ingliz jamoalari 21 may kuni Yevropa ligasi finalida o'zaro bahs olib boradi. Ushbu o'yin g'olibi kelasi mavsum YCHLga yo'llanma beradi.

"Oldin ham aytganman, bu ikki jamoa YCHLga tayyor emas. Ularga YCHL va ushbu turnir uchun mos futbolchilarni olib kelish uchun pul kerak.

"Manchester Yunayted" kabi katta statusli va tarixga ega klub uchun YCHL oddiy holat bo'lishi kerak. Biroq so'nggi yillar davomida ularni YCHLda doim ham ko'rmadik. Ayniqsa hozir klubda murabbiylarning ketma-ket almashinuvi jamoaning holatini o'zgartirib yubordi

"Tottenxem" esa sovrin olishni va pul tikishni boshlashi kerak. Bu orqali "Tottenxem" barqaror bo'lishi, "Manchester Yunayted" esa shunchaki sovrinlarga jiddiy qarashi kerak", - dedi sobiq darvozabon.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru